Asaka zavodi "tozalandi": qotib qolgan rahbarlar o‘rnini yoshlar egalladi

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uzoq yillar davomida "kreslo"ni egallab kelgan, ishlab chiqarishni kamomadlar jari yoqasiga olib kelgan rahbarlar o‘rniga yosh kadrlar tayinlangani xabar qilindi

TOShKENT, 29 sen - Sputnik. "O‘zavtosanoat" raisining Asaka shahridagi "GM Uzbekistan" zavodiga qilgan ishchi safari davomida ishlab-chiqarish xodimlarining faoliyatida qator jiddiy kamchiliklar va xatolar aniqlangan.

Avtomobili Chevrolet na avtostoyanke - Sputnik O‘zbekiston
Korrupsiya va “yopiq garajlar”: GM Uzbekistan kelishuvni bekor qilish sababini ma’lum qildi

Ma’lum bo‘lishicha, ular uzoq yillar davomida o‘z mansab lavozimlarida o‘tirishgan va ularning faoliyati ishlab-chiqarishni "qotib qolish" va kamomadlarga olib kelgan.

Yuqorida aytilgan ishchilarning barchasi haydalgan, ularning o‘rniga yosh, g‘ayratli mutaxassislar ishga qabul qilingan. Yosh rahbarlar mahalliy avtopromning taraqqiyoti bo‘yicha yangi konsepsiyasini qo‘llab-quvvatlashadi, shuningdek o‘zidan oldin ishlagan rahbarlarning xatolari bo‘yicha ma’lum ishlarni amalga oshiradilar, deyiladi xabarda.

"O‘zavtosanoat" matbuot xizmatikompaniyaning rivojlanish va takomillashish bo‘yicha intilishlarini qo‘llab-quvvatlaydigan va milliy avtosanoat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga tayyor iqtidorli yoshlar bilan muloqotga ochiq ekanligini eslatib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0