Toshkent shahar IIBB internetda tarqalgan audioyozuv bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Internetda tarqalgan audioyozuvda notanish ayol suratga olib qo‘yish bahonasida ikki o‘quvchi qizni yana bir kishi bo‘lgan mashinaga chaqirgani haqida so‘z boradi.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda tarqalgan Yashnobod tumanidagi 166-maktabning 3-sinf o‘quvchisi onasi tomonidan yozilgani aytilayotgan audioyozuvda notanish ayol suratga olib qo‘yish bahonasida ikki o‘quvchi qizni yana bir kishi bo‘lgan mashinaga chaqirgani haqida so‘z boradi.

Nochnoe  avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent ko‘chalarida tungi paytda ham radarlar ishlamoqda

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati mazkur axborot tekshirib chiqilganini ma’lum qildi.

Barcha ichki ishlar organlari xodimlaridan shu kabi murojaat bo‘lgani so‘ralgan, maktab atrofida o‘rnatilgan kuzatuv kameralari tekshirilgan, maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazilgan. Natijada bunday hodisa yuz bermagani aniqlangan.

Bundan tashqari ushbu maktab direktori uchinchi sinf o‘quvchilari orasida Arina va Elya ismli qizlar o‘qimasligini ta’kidlagan.

Ota-onalar bilan suhbat davomida ushbu audioni Telegram’dagi guruhlarga tarqatgan ikki ona aniqlangan. Ulardan biri ushbu audio Rossiyaning Astraxan shahrida yashovchi tanishidan, ikkinchisi Sergeli tumanida yashovchi o‘rtog‘idan kelganini aytgan.

Toshkent shahar IIBB shu kabi holatlar yuzasidan aholiga murojaat qilib, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda tarqalgan har qanday xabarga ishonavermaslikka va ushbu ma’lumotlarga o‘zidan yangi holatlarni qo‘shib tarqatmaslikka chaqirgan.

Yangiliklar lentasi
0