Gusev: AQSh Rossiyani chiqarib yuborib, MOga harbiy bazalarini kiritishni tush ko‘rmoqda

© Sputnik / Aleksandr NatruskinLeonid Gusev
Leonid Gusev  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi vaqtlarda G‘arbga yon bosadigan matbuotda Tojikistonning Tog‘li Badaxshonida ID terrorchilari tufayli inqirozli holat vujudga kelgani, shu bois, u yerda tez orada harbiy operatsiya boshlanishi, unda shu jumladan Rossiya ishtirok etishi haqida xabarlar tez-tez e’lon qilinmoqda

Strategik loyihalashtirish instituti rahbari Aleksandr Gusev ushbu xabarlarni mintaqadagi vaziyatni izdan chiqarish maqsadida Rossiyaga ko‘rsatilayotgan bosim instrumenti, deb bilishini ma’lum qildi.

Ekspert fikriga ko‘ra, barcha xabarlar, xususan, Stratfor kompaniyasi xabarlari ham, o‘ta "shishirilgan" va muayan geosiyosiy maqsadlarni ko‘zlab tarqatilmoqda.

"Ha, Rossiya va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ta’qiqlangan tashkilotlar yacheykalari Markaziy Osiyoning alohida hududlarida mavjud, lekin Emomali Rahmon Tog‘li Badaxshonda vaziyatni nazorat qilmayotgani haqida gapirish mumkin emas. Bu xabarlardan faqat G‘arb manfaatdorligini, vaziyat qancha qaltislashsa, ularga shunchalik yaxshi bo‘lishini tushunish lozim. O‘sha AQSh ham ikkita maqsadni ko‘zlaydi - Markaziy Osiyodan Rossiyani siqib chiqarishni va mintaqada o‘z ta’sirini kengaytirishni. Amerikaliklar hatto tushida ham bir narsani ko‘rishmoqda: Markaziy Osiyoga kirib borib, u yerda o‘z harbiy bazari bilan mustahkam o‘rin olishni", — dedi Gusev Sputnik Tojikiston radiosi efirida.

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, mintaqada shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Xitoyning ham o‘z manfaatlari mavjud. Ammo ular mintaqada pragmatika asosida ish olib bormoqda.

Gusev: SShA xotat vitesnit Rossiyu i ukrepit vliyanie v Sentralnoy Azii

Rossiya o‘z tomonidan chegarada vaziyatni nazorat qilmoqda va mintaqaning ichki jarayonlariga aralashmaslikka harakat qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0