Shavkat Mirziyoyevni Dushanbeda Emomali Rahmon  kutib oldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Tadjikistan
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlari Kengashida ishtirok etish uchun, Dushanbega yetib keldi.

TOShKENT, 27 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlari Kengashida ishtirok etish uchun, Dushanbega yetib keldi, deb xabar qilmoqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati.

Dushanbe xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Emomali Rahmon kutib oldi. Shundan so‘ng ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Emomali Raxmona v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyevning tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Suhbat davomida Tojikiston rahbari O‘zbekiston bilan do‘stlik va aka-ukachilik munosabatlariga ustuvorlik berilganini xabar qildi. Emomali Rahmon aytishishga qaraganda, ayni damda Tojkiston va O‘zbekiston do‘stlik, tadbirkorlik, madaniy va ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishiga hech narsa to‘sqinlik qilmayotganini, bu borada barcha sharoitlar yaratilganini, kerakli qonuniy aktlar qabul qilinganini xabar qildi.

Davlat rahbarlari munosabatlarning hozirgi holatidan qoniqish bildirishdi va ikki xalq manfaatlari yo‘lida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarni muhokama qilishdi.

Xususan, Zarafshon darosida ikki kichik GES qurish hamda Tojikistonda "Artel" kompaniyasining filialini ochish va boshqa loyihalar haqida so‘z bordi.  

Eslatib o‘tamiz, 28-sentabrda Dushanbeda MDH Davlat rahbarlari Kengashi bo‘lib o‘tadi.Ushbu munosabat bilan davlat rahbarlari birin ketin Tojikiston poytaxtiga yetib kelishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0