TOShKENT, 27 sen — Sputnik. 2018-yil 1 dan 25-sentabriga qadar GM Uzbekistan avtomobillariga tuzilgan 10181 ta ariza bekor qilindi, deb xabar qildi ushbu kompaniya matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, “Captiva” avtomobili uchun - 314 dona, “Cobalt” - 765 dona, “Damas” - 2514 dona, “Lacetti” - 409 dona, “Malibu” - 2309 dona hamda “Matiz” - 2717 dona ariza.
Shuningdek, avgust oyining so‘nggi haftasida “GM Uzbekistan” savdo tizimida 6393 dona soxta arizalar qoldirilgani aniqlandi va ular tizimdan o‘chirilganligi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zavtosanoat” AJ faqat kompaniyaning rasmiy manbalariga murojaat qilishga chaqirgandi.