TOShKENT, 26 sen – Sputnik. Yangi imzolangan 3948 – sonli prezident qaroriga asosan O‘zbekistonda dorilarni ro‘yxatdan o‘tkazish osonlashdi, deb xabar qilmoqda Norma.uz.
Xususan, 20ta xorijiy mamlaktlarda ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalari O‘zbekistonda ham tan olinadi. Bu yangi paydo bo‘lgan dorilarni 10 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beradi.
“Ushbu qarorning qabul qilinishi dori vositalari narxiga ijobiy ta’sir qiladi, dorilar va tibbiy vositalar qiymatiga dori vositalarini sertifikatlash uchun xarajatlar kiritilmaydi”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.
2018 yil 1-noyabrdan boshlab quyidagi mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dorilar O‘zbekistonda ham tan olinadi:
Avstraliya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Isroil, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Janubiy Koreya, Nilerlandiya, Norvegiya, Sloveniya, AQSh, Finlyandiya, Fransiya, Shveysariya, Shvetsiya va Yaponiya.
Undan tashqari, O‘zbekiston “Dori vositalari bo‘yicha Yevropa agentligida” ro‘yxatdan o‘tkazilgan dorilarni ham tan oladi.