O‘zbekistonda Green Card uchun ariza topshirish mumkin bo‘lgan sana e’lon qilindi

© AFP 2023 / LOIC VENANCEFlag SShA na fone goroda
Flag SShA na fone goroda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card lotereyasi uchun ariza topshirishi mumkin bo‘lgan sanani e’lon qildi.

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. 2020-yil “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – Green Card lotereyasi” dasturiga (DV-2020) 2018-yil 3-oktabrdan 6-noyabrgacha ariza topshirish mumkin. Bu haqda  AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Facebookdagi rasmiy sahifasida xabar qo‘yilgan.

2020 yil dasturida mamlakatlar ro‘yxatida o‘zgarish yo‘q, ya’ni O‘zbekistonda tug‘ilgan barcha shaxslar bir marta, FIOsi pasportida yozilganiga aniq muvofiq holda, olinganiga 6 oydan oshmagan fotosurat bilan, hamda barcha oila a’zolarini qo‘shib ariza topshirish huquqiga egalar. 

“Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – Grin Kard lotereyasi” dasturiga (DV-2020) ariza topshirish tekin.

Arizalarni faqatgina Internet orqali dvlottery.state.gov manzilida 3-oktabrdan boshlab topshirish mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, Sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida O‘zbekiston Green Card lotereyasida eng faol ishtirok etayotgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari uchun Green Card lotereyasida eng ko‘p o‘rin berilgan.

Yangiliklar lentasi
0