“El-yurt umidi” jamg‘armasi kimlarni xorijga yuborishi ma’lum bo‘ldi

© X. Paydoyev / Narodnoe slovoStudenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v "Uzekspotsentre"
Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“El-yurt umidi” jamg‘armasi mutaxasisslarni xorijga o‘qish va malaka oshirishga jo‘natish hamda xorijda ishlayotgan vatandoshlar bilan muloqot qilish bilan shug‘ullanadi.

TOShKENT, 26 sen – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi, deb xabar qilmoqda UzA.

Ushbu jamg‘arma xorijda yashayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimiz, ayniqsa, katta ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan olimlar, mutaxassislar va iste’dodli yoshlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jahon mehnat bozorida raqobatbardosh va yuqori malakali kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga xizmat qiladi.

Farmon bilan yangi jamg‘armaning tashkiliy tuzilmasi, uning Nizomi, Vasiylik kengashi tarkibi hamda xorijda ta’lim olish, stajirovka o‘tash va malaka oshirish uchun nomzodlar o‘rtasidagi tanlov Tartibi ham tasdiqlandi.

Jamg‘armaning moliyaviy ko‘magi bilan xorijda malaka oshirib kelgan mutaxassilar, ularni tavsiya etgan muassalarda kamida 3-yil ishlab berishlari kerak bo‘ladi. Magistratura yoki doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olgan stipendiatlar, o‘qishdan so‘ng 5-yildan kam bo‘lmagan muddatda, stipendiatni o‘qitishga qilingan barcha harajatlar mikdori 75 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lsa, ularga 7-yilgacha uzluksiz ishlab berish majburiyati yuklanadi.

Jamg‘arma xorijdagi malakali vatandoshlarimiz hamda O‘zbekistondagi kadrlar zahirasiga ehtiyoji bor vazirlik va idoralar uchun o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Yangiliklar lentasi
0