O‘zbekistonda yaqin orada 100 000 so‘mlik muomalaga chiqarilmaydi - Markaziy bank

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bank O‘zbekistonda yaqin orada 100 ming so‘mlik muomalaga chiqarilishi haqidagi xabarni tasdiqlamadi.

TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Markaziy bank O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik yangi banknota muomalaga chiqarilishi haqidagi xabarni tasdiqlamadi.

"Yaqin orada O‘zbekistonda 100 000 so‘mlik banknota chiqarilmaydi. Ushbu ma’lumot xodimlar orasida o‘zaro suhbatda tilga olingan xolos, lekin u rasman tasdiqlanmagan", - dedi Markaziy bankning vakili Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda. 

Biroz oldin mahalliy OAVlarga asoslangan holda, yangi yuz ming so‘mlik kupura chiqarilishini xabar qilgan edik. 

Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekistonda eng katta qiymatli kupura 50 ming so‘mlik bo‘lib u 2017-yilning 22-avgustida muomalaga kiritilgan. 

 

Yangiliklar lentasi
0