O‘zbekistonda 100 000 so‘mlik muomalaga chiqariladi

© SputnikKupuri nomiralom patdesat tisach sumov
Kupuri nomiralom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda pul almashishi haqidagi mish-mishlar tasdiqlanmadi, lekin yangi banknota muomalaga chiqarilishi tasdiqlandi.

TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Markaziy banki hamda “Qishloqqurilishbank” mutaxassislar ishtirokida anjuman bo‘lib o‘tdi, deb xabar  qilmoqda O‘zA.

Jurnalistlarning O‘zbekistonda pul almashishi va 100 000 so‘mlik yangi qog‘oz pul muomalaga chiqarilishi borasida berilgan savollariga mutaxassislar quyidagicha javob berishdi.  

“Pulning almashishiga sabab ham ehtimol ham yo‘q. Yo‘qsa, 100 ming so‘mlik banknotlar chiqarilarmidi? Yaqinda ana shunday summadagi pul muomalaga chiqariladi. To‘g‘ri, inflyatsiya o‘sishi mumkin. Chunki bankning qayta moliyalash stavkasining ikki foizga oshirilishi, o‘z – o‘zidan bozordagi narx-navoga ta’sir qiladi”, - deyishdi mutaxassislar.

Shuningdek, xabarda ushbu yil O‘zbekistonda  inflyatsiya miqdori kutilganidan ortiq bo‘lishi va narxlar o‘sishi kutilayotgani aytib o‘tildi.

Eslatib shtamiz, ayni damda O‘zbekistonda eng katta qiymatli kupura 50 ming so‘mlik bo‘lib u 2017-yilning 22-avgustida muomalaga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0