TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Shu yil 17-21 sentabr kunlari mobaynida onlayn auksion orqali 869 ta avtomobil raqamlari sotildi.
Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,9 milliard so‘mdan oshdi.
Savdolar natijasida bitimlarning qariyb 26% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 47% ikkinchi va 27% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 26%ga teng.
Keyingi o‘rinda Samarqand viloyatining avtohavaskorlari 12% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Farg‘ona avtohavaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 10%ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 52%ga teng.