Turkiya parlamenti raisi Binali Yildirim O‘zbekistonga keldi

© Twitter / Binali YıldırımGlava parlamenta Tursii Binali Yildirim pribil v Tashkent
Glava parlamenta Tursii Binali Yildirim pribil v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya parlamenti raisi Binali Yildirim rafiqasi bilan O‘zbekistonga keldi.

TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Turkiya Buyuk millat majlisi (parlamenti) raisi Binali Yildirim 23-sentabrt kuni Toshkentga keldi, deb xabar qilingan siyosiy rahbarning Twitterida.

Hurmatli mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroportida O‘zbekiston Oliy Majlisi vakillari tantanali kutib olishdi.

Tashrif davomida Turkiya parlamenti rahbari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.

Shuningdek Yildirim 25-sentabr kuni Samarqand shahriga safar uyushtirib, u yerdagi tarixiy yodgorliklarni va ziyoratgohlarni tomosha qiladi.

Binali Yildirimning O‘zbekistonga safari 26-sentabrga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0