TOShKENT, 24 sen – Sputnik. O‘zbekistonliklar uchun “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i orqali UzCard plastik kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalarini amalga oshirish xizmati ishga tushirildi. Bu haqda tarmoqning matbuot xizmati xabar qildi.
Xizmat respublikaning barcha viloyatlarida ishlaydi.
Xizmatda pul o‘tkazmalari tarixini ko‘zdan kechirish imkoniyati mavjud bo‘lib, kartalar raqamlarini saqlab qo‘yish (har safar yangidan kiritmaslik uchun), hamda bajarilayotgan operatsiyalarning holati to‘g‘risida ma’lumotlarni bilib olish mumkin.
Pul o‘tkazmalarining eng kam komissiya haqi – 0,5% dan 1% gacha etib belgilandi.
Shu bilan birga bugungi kunda ko‘pchilik mijozlar “Yevroset” kompaniya salonlari va Western Union orqali pul o‘tkazmalarni amalga oshiradilar.
Shu yil iyun oyida Toshkentda Western Union, Money Gram, "Yunistrim", "Kontakt", "Zolotaya korona" tizimlari orqali yuborilgan pul o‘tkazmalarini olish bo‘yicha yangi shoxobcha ochildi. U poytaxtning Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi “Buyuk Ipak Yo‘li” kichik bankning “Darxon” filialida ishga tushgan.
Sal ilgariroq O‘zbekiston bank xizmatlari foydalanuvchilari huquqlarini himoya qilish xizmati rahbari Baxodir Mirzayev pul o‘tkazmalari uchun joriy etilgan bank dasturlari afzalliklari haqida ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Rossiyadan pul o‘tkazmalari bo‘yicha yetakchi bo‘lgandi. Respublikaga milliard dollardan ortiq pul jo‘natilgan, shulardan 759 million o‘zbekistonliklardan va 318 million rossiyaliklardan yuborilgandi. Bir o‘tkazmaning o‘rta qiymati 375 dollarni tashkil qildi.