Ozarbayjonda dunyoning ikkinchi yirik vulqoni uyg‘ondi

© REPORTVulkan Otman-Bozdag v Azerbaydjane
Vulkan Otman-Bozdag v Azerbaydjane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi marotaba ushbu vulqon 2017-yilning fevral oyida otilgan edi.

TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Ozarbayjonda kattaligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi “Otman-Bozdag” vulqoni uyg‘ondi, deb xabar qilmoqda Sputnik Ozarbayjon.

Otman-Bozdag yakshanba kuni, tong  soat 08:53 da ilk bor otilgan. Otman-Bozdag balchiqli vulqon hisoblanadi, uning uyg‘onishiga sabab - yer eroziyasi. Ushbu vulqon faolligi 2017-yilning fevral oyida boshlangan edi. Undan oldin esa, 50-yil davomida vulqon uyquda bo‘lgan. So‘nggi bor u 1965-yilda otilgan.  

Otman-Bozdag Apsheron yarim orolida, Bokudan 60 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan bo‘lib ushbu hududda yana bir necha balchiqli vulqonlar joylashgan. Ozarbayjon hukumati bu yerlarni tabiiy qo‘riqxona deb e’lon qilgan.

Ozarbayjon ekologiya va tabiiy resurslar vaziri ma’lum qilishicha, vulqon 23-sentabr, yakshanba kuni «uyg‘ongan» va ikki marta 200—300 metr balandlikka balchiq shiddat bilan otilib chiqqan. Shundan keyin vulqonga yondosh hududlarda 40 metrgacha chuqurlikda yoriqlar paydo bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0