O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1,2 milliard dollarga kamaydi

© Sputnik / Pavel LisisinZolotie slitki
Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yil boshidan buyon O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1,206 milliard dollarga kamaydi

TOShKENT, 23 sen - Sputnik. O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yanvar-avgust oralig‘ida 5%ga qisqarib, 26,8 milliard dollarni tashkil qildi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlarida aks etgan.

O‘zbekiston oltin zaxirasi umumiy hajmi avgust oyida 151 mln AQSh dollarga oshib, 13,9 mlrd AQSh dollarini tashkil qildi. Avgust oyida oltin zaxirasining 6,83 tonnaga ko‘paydi va 1-sentabr sanasiga 327,54 tonnani tashkil qildi.

Yanvar-avgust oylarida oltin-valyuta zaxiralarining pasayishi oltin narxining 1296,50 dan 1206,85 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi. 

Xorijiy valyutadagi aktivlar esa avgust oyining oxiriga kelib 12,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Oldingi oyga nisbatan xorijiy valyuta zaxiralari 670 mln AQSh dollariga kamaygan.

Yangiliklar lentasi
0