Eronda harbiy parad vaqtida terakt sodir etildi

© REUTERS / TIMA AGENCYIranskie politseyskie stoyat vozle zdaniya parlamenta v Tegerane
Iranskie politseyskie stoyat vozle zdaniya parlamenta v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun, 22-sentabr kuni Eronning barcha hududlarida 1980-1988 yillardagi eron-iroq urushi xotirasiga bag‘ishlangan - Muqaddas mudofaa haftaligi doirasida harbiy paradlar bo‘lib o‘tayotgan edi.

TOShKENT, 22 sen - Sputnik. Eronda 10 kishi harbiy parad vaqtida yuz bergan terakt qurboniga aylandi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Iranskaya ballisticheskaya raketa novogo pokoleniya Fatex - Sputnik O‘zbekiston
Eron "Fetx" avlodiga mansub ballistik raketani taqdim etdi

Halok bo‘lganlar orasida jurnalist ham bor, shuningdek 20 nafarga yaqin insonlar jarohatlangan.

Eronning Axvaz shahrida terakt shanba kuni ertalab sodir etilgan. Harbiy parad vaqtida noma’lum shaxslar tomonidan o‘t ochilgan.

Dastlab Islom inqilobi mirshablar korpusining 8 nafar harbiy askarlari halok bo‘lgani haqida ma’lumot berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bugun shanba, 22-sentabr kuni Eronning barcha hududlarida 1980-1988 yillardagi eron-iroq urushi xotirasiga bag‘ishlangan -Muqaddas mudofaa haftaligi doirasida harbiy paradlar bo‘lib o‘tayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0