TOShKENT, 21 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti qarori bilan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiya tashkil etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Komissiyaning ishchi organi etib belgilandi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq xavflarni baholash bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, shuningdek, uning asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish va choralar ko‘rish Komissiyaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, qaror bilan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.