MAN yangi yuk mashinasi taqdimotini o‘tkazdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPoseshenie SP OOO «MAN Auto-Uzbekistan»
Poseshenie SP OOO «MAN Auto-Uzbekistan» - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun erta tongda Toshkentda o‘tkazilayotgan transport konferensiyasi qatnashchilari "Afrosiyob" tezurar poyezdida Samarqandga yetib bordilar. Mehmonlar "Man" zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

TOShKENT, 21 sen - Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan transport bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilari 21-sentabr kuni Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan "Man" zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaEkskursiya na zavod "MAN Auto-Uzbekistan"
MAN yangi yuk mashinasi taqdimotini o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston
Ekskursiya na zavod "MAN Auto-Uzbekistan"

Bugun erta tongda 300 dan ortiq mahalliy hamda xorijiy mehmonlar "Afrosiyob" tezurar poyezdida Samarqandga yetib bordilar. Mehmonlar "Man" zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. U yerda zavod faoliyati haqida taqdimot va ekskursiya o‘tkazildi.

Konferensiya ishtirokchilariga yuk avtomobillari, shahar va shaharlararo avtobuslar, treylerlar ishlab chiqarish jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova«MAN Auto-Uzbekistan» predstavil novuyu model sedelnogo tagacha
MAN yangi yuk mashinasi taqdimotini o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston
«MAN Auto-Uzbekistan» predstavil novuyu model sedelnogo tagacha

Xorijiy mehmonlarning tashrifiga atab MAN yangi modeldagi MAN TGS 19.400 4X2 Efficient Line yuk mashinasi taqdimotini o‘tkazdi.

Ushbu yangi modellar xalqaro tashuv standartlariga javob beribgina qolmay, o‘zining tejamkorligi bilan logistik kompaniyalarga xizmat ko‘rsatish tan narxini sezilarli darajada arzonlashtirishga imkon berishi qayd etildi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaEkskursiya na zavod "MAN Auto-Uzbekistan"
MAN yangi yuk mashinasi taqdimotini o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston
Ekskursiya na zavod "MAN Auto-Uzbekistan"

Ta’kidlanishicha, MAN TGS 19.400 4X2 BLS-WW Efficient Line yuk mashinasi ishlab chiqarilishi jarayonida innovatsion ishlanmalardan foydalanilgan. Xususan, avtomobilda TIPMatic robotlashtirilgan uzatish korobkalari (MAN TipMatic®), SmartShifting funksiya (avtomatik ulashni intellektual boshqarish) va maxsus aerodinamik paket mavjud.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaEkskursiya na zavod "MAN Auto-Uzbekistan"
MAN yangi yuk mashinasi taqdimotini o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston
Ekskursiya na zavod "MAN Auto-Uzbekistan"
Yangiliklar lentasi
0