O‘zbekiston qo‘shni davlatlardan tovar olib kirishni yanada chegaralamoqchi

© Press-slujba pravitelstva KR / Sabir Ailchiyev Avtomobilniy zator na kontrolno-propusknoy punkt Akjol avtodorojniy na granitse Kirgizstana i Kazaxstana
Avtomobilniy zator na kontrolno-propusknoy punkt Akjol avtodorojniy na granitse Kirgizstana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jumladan, har kuni 2 kilogrammdan olib kirish mumkin bo‘lgan tovarlar(oziq-ovqatlar)ni endi har oyda ko‘pi bilan 10 kilogacha, har bir turi bo‘yicha 2 kilogrammdanoshirmay olib kirish mumkin

TOShKENT, 20 sen - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida qo‘shni mamlakatlardan tovar olib kirishni yanada chegaralash taklif etilmoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

"Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga muvofiq, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan avtomobil (piyoda), temiryo‘l va daryo o‘tkazish punktlarida tovarlarning olib o‘tilishini tartibga solish maqsadida, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi jismoniy shaxslarga bir turdagi maishiy texnika vositalarini har 6 oyda 1 donadan ortiq olib kirishni taqiqlash taklif etilgan.

Jumladan, har kuni 2 kilodan olib kirilishi mumkin bo‘lgan, asosan oziq-ovqat tovarlarini, endi har oyda (har bir turi bo‘yicha) 2 kilogrammdan oshirmagan holda 10 kilogacha olib kirishga ruxsat berilishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0