TOShKENT, 20 sen - Sputnik. Xitoy AQSh uchun Rossiyadan ko‘ra ko‘proq xavf tug‘diradi, deb hisoblaydi AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo.
"Rossiya o‘zini agressiv tutmoqda. Rossiya bizning saylovlarimizga aralashishga harakat qilmoqda. Vladimir Putin rahbarligida Rossiya "urishqoq"ligicha qolmoqda. Biz ularga javob qaytarmog‘imiz, va imkoni boricha to‘xtatmog‘imiz lozim", - deb aytgan Pompeo Fox Newsga bergan intervyusida, AQShga kim ko‘proq tahdid soladi - Rossiyami yoki Xitoy degan savolga javob berar ekan.
Moskva bunga qadar ko‘p marotaba amerika maxsus xizmatlarining AQShdagi saylovlarga aralashuvi bo‘yicha ayblovlarini rad etgan edi.
"Ammo amerikaliklar hayot tarziga tahdid masalasini uzoq istiqbolda olib qaraydigan bo‘lsak, ya’ni Amerika iqtisodiyoti taraqqiy etishidagi xatarlarni inobatga oladigan bo‘lsak, Xitoy AQSh uchun katta xatardir", - deb qo‘shimcha qilgan AQSh Davlat kotibi.