TOShKENT, 20 sen - Sputnik. Mashhur bokschi Mayk Tayson Toshkentda qurilayotgan Tashkent City - xalqaro ishbilarmonlik markazida turar joy sotib oldi, deb xabar qilmoqda Dream City Development matbuot xizmati.
Qurilish kompaniyasi xabariga ko‘ra, Tayson Toshkent-siti hududida qurilayotgan Gardens Residence ko‘p xonadonli turar joy kompleksida apartament xarid qilgan.
Yangi turar joy majmuasi 9ta ko‘p xonadonli uylardan iborat bo‘lib 8 gektar maydonni egallaydi. Unda har biri 44 metr kvadratdan 260 metr kv. bo‘lgan 1138 ta xonadon joylashadi.
Qurilish rejasiga ko‘ra Gardens Residence 2019 – 2020-yilarda foydalanishga topshiriladi. Qurilsh xorijiy kompaniyalar tomonidan olib borilmoqda. Xususan, Britaniyaning arxitektura burosi ARUP va Turkiyaning loyiha kompaniyasi Özgüven.