Janubiy Koreya yetakchisi Trampga KXDRning yangi bayonotini yetkazadi

© Korea Summit Press Pool / AFPLideri KNDR i Yujnoy Korei Kim Chen In i Mun Chje In
Lideri KNDR i Yujnoy Korei Kim Chen In i Mun Chje In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreya rahbari Mun Chje In AQSh prezidentiga KXDRning yangi bayonotini yetkazib beradi.

TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Janubiy Koreya rahbari Mun Chje In so‘zlariga ko‘ra, u AQSh prezidenti Donald Trampga KXDR yetakchisi Kim Chen Inning yangi bayonotini yetkazib beradi.

Vstrecha liderov KNDR i Yujnoy Korei - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy va Janubiy Koreya yetakchilari birgalikda usti ochiq limuzinda aylanishdi

“Yaqinda men AQShga boraman va prezident Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazaman. Men u bilan denuklearizatsiya bo‘yicha Koreya sammiti yakuniy hujjatida aks etmagan tomonlar haqida suhbatlashishni rejalashtirganman. AQSh KXDRga o‘z bayonotini biz orqali yubormoqchi. Prezident Tramp bilan uchrashganimda, bu vazifani amalga oshiraman”, - dedi Mun Chje In KXDR tashrif yakuni bo‘yicha matbuot anjumanida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, denuklearizatsiya jarayoni barcha tafsilotlari AQSh va KXDR yetakchilari o‘rtasida muhokama qilinishi zarur.

Mun Chje In 18-20 sentabrda KXDRga tashrif buyurib, Kim Chen In bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar yakunida Koreya yarim orolida yadroviy qurol va urush xavfidan qutulishga qaratilgan  intilishlarni davom ettirish bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolandi.

To‘qnashuvlarni oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ikki davlat mudofaa vazirlari imzolagan bitimda o‘z aksini topdi. Mun Chje In esa prezident Kim Chen Inni yaqin vaqtlarda Seulga taklif qildi. KXDR yetakchisi bu taklifni qabul qildi.

Yangiliklar lentasi
0