Barcha gaz quyish shaxobchalari inventarizatsiyadan o‘tkaziladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishBlok reduktirovaniya, dlya regulyatsii davleniya gaza v truboprovode
Blok reduktirovaniya, dlya regulyatsii davleniya gaza v truboprovode - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh vazir ko‘rsatmasiga binoan O‘zbekistondagi barcha gaz quyish shaxobchalarining texnik holati inventarizatsiyadan o‘tkaziladi.

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov respublikadagi barcha gaz ballonli avtotransport vositalarini hamda gaz to‘ldirish stansiyalarini texnik holatini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazishga ko‘rsatma berdi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz.

Undan tashqari tabiiy gazda ishlaydigan qozonxonalar, pechlar va boshqa jihozlar ham tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ushbu ma’suliyatli vazifaga bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Achilboy Ramatov mas’ul etib belgilangan.

Inventarizatsiya natijalari bo‘yicha gazda ishlaydigan avtotransport vositalari, gaz to‘ldirish stansiyalari, qozonxonalar va boshqa jihozlardagi avariyalarning oldini olishga qaratilgan “yo‘l xaritalari” hukumat tasdig‘iga kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, 18-sentabr kuni Buxoro viloyati, Kogon tumani hududidan o‘tuvchi “G‘uzor—Buxoro—Nukus” A-380 avtotrassasining 201-kilometrida Isuzu avtobusida gaz balloni portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 21 kishi jarohatlandi.

Yangiliklar lentasi
0