TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan muzokara o‘tkazish uchun Pxenyanga tashrif buyurdi.
Prezident Boeing samolyoti Pxenyan yaqinidagi Sunan aeroportida qo‘ndi. KXDR yetakchisi Kim Chen In shaxsan trap oldida Mun Chje Inni kutib oldi. Ikki davlat rahbarlari samimiy kutib qarshi olishdi.
Janubiy Koreya birinchi xonimini Kim Chjon Sukni KXDR yetakchisi Li Sol Chu kutib oldi.
Koreya harbiy orkestr tantanali marshni ijro etdi. Janub va Shimol yetakchilari qizil yo‘lakdan aeroport binosiga o‘tishdi. Shu vaqtda Mun Chje Inni Pxenyanga tashrifi munosabati bilan mushaklar otildi.
Shu bilan birga aeroportda ko‘plab Pxenyan aholisi yig‘ildi.
Keyinchalik Kim Chen In va Mun Chje In tepasi ochiq limuzinda aeroportdan Pxenyangacha borishdi.
Uch kunlik tashrif davomida Janubiy Koreya prezidenti ikki marta Kim Chen In bilan muzokaralar o‘tkazadi. Uchrashuv chog‘ida munosabatlarni yaxshilash, denuklearizatsiya va Shimoliy Koreya va AQSh muloqotini rivojlantirish, shuningdek Koreya yarim orolida harbiy keskinlikni kamaytirish masalalari muhokama qilish rejalashtirilgan.
Bu so‘nggi 11-yil ichida Janubiy Koreya yetakchisining Pxenyanga birinchi tashrifi amalga oshirildi. 2007-yil oktabr oyida KXDRga sobiq prezident No Mun Xon tashrif buyurgandi.