Ko‘chmas mulk bitimlarini notarial tasdiqlash faqat maxsus blankalarda amalga oshiriladi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishMujchina i jenshina osmatrivayut svoyu kvartiru v novom jilom dome
Mujchina i jenshina osmatrivayut svoyu kvartiru v novom jilom dome - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maxsus blankalar Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi.

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Ko‘chmas mulklarni tasarruf etish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Pensiya ta’minoti bo‘yicha prezident farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Ushbu qaror loyihasida 2019-yil 1-yanvardan boshlab ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash faqat “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega bo‘lgan qat’iy hisobot beriladigan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshirilishi belgilangan.

Maxsus blankalar Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi.

Blankalardagi ishonchnoma va shartnomalar notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida gerb yig‘imi undirish nazarda tutilgan.

Gerb yig‘imidan tushadigan mablag‘lar Adliya vazirligining g‘aznachilik hisob raqamlariga o‘tkaziladi va gerbli blankalar tayyorlashga hamda boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qo‘yilgan ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar bankini yaratishga, shuningdek adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga maqsadli tartibda sarflanadi.

Qaror loyihasi Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan. Loyiha 3-oktabrigacha muhokamada bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0