TOShKENT, 18 avg – Sputnik. Bugun ertalab 08:30larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o‘tuvchi “Buxoro – Qorovulbozor" magistral yo‘lida yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi, deb xabar qilmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Baxtsiz hodisa oqibatida avtobus ichida bo‘lgan 26 nafar yo‘lovchidan 4 kishi voqea joyida vafot etgan. Yana bir kishi esa kasalxonada vafot etdi.
Ushbu YTHda jabrlanganlar soni ko‘pchillikni tashkil qildi. Ulardan besh nafari og‘ir ahvolda RShTOIM Buxoro filialiga yotqizildi. Yana yetti kishi o‘rta og‘irlikda jarohatlar olgan va 9 kishi yengil jarohatlar bilan Kogon shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.
Jarohatlanganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilib, RShTOIM dan xirurg, neyroxirurg va reanimatolog mutaxassislari sanaviyatsiya tarmog‘i orqali yuborildi.
Avtohalokat sabablarini o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi.