TOShKENT, 18 sen – Sputnik. AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasida alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Sem Braunbek boshchiligidagi delegatsiya 17-sentabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
AQSh delegatsiyasi tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Diniy bag‘rikenglik: O‘zbekiston va AQSh tajribasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi. Unda qator vazirlik va idoralari mutasaddilari, fuqarolik jamiyati institutlari, diniy konfessiyalar vakillari ishtirok etadi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va AQShning Global hamkorlik instituti o‘rtasida memorandum imzolanishi kutilmoqda.