O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda harbiy o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazadi

© Press-slujba SVO MO RFSovmestnie rossiysko-uzbekskie ucheniya na poligone "Forish"
Sovmestnie rossiysko-uzbekskie ucheniya na poligone Forish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston tog‘larida o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlarida ikki mamlakatdan jami 600 nafar harbiylar ishtirok etadi.

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. O‘zbekiston harbiylari Tojikistonda bo‘lib o‘tadigan qo‘shma mashg‘ulotlarda  ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

18-22 sentabr kunlari Tojikiston tog‘li  hududlarida o‘tkaziladigan aksilterror qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarida ikki mamlakatdan jami 600 nafarga yaqin harbiylar ishtirok etadi.

Tojikistonning So‘g‘d viloyatida bo‘lib o‘tadigan ushbu mashg‘ulotlarda 5 kun davomida O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli bo‘linmalar va tezkor guruhlardan iborat yuz nafarga yaqin harbiylar, Tojikiston Respublikasining harbiy boshqarma organlari, shuningdek,  So‘g‘d garnizoni bo‘linmalari va harbiy qismlari harbiylari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari Tojikistonning “Chorrux-Dayron” o‘quv markazi va “Nurafshon” poligonida o‘tkaziladi.

Ministr oboroni Ubekistana Abdusalom Azizov i glava Minoboroni Tadjikistana Sherali Mirzo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston Mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik rejasini imzolashdi

16 sentabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari hamkorlikdagi aksilterror mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun Tojikistonga yetib borishdi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning avgust oyida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Tojikiston mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo O‘zbekison mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov bilan uchrashuvida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilarini murakkab sharoitda qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishga va armiya jamoalari o‘rtasida sport hamda madaniy tadbirlarni o‘tkazishga taklif bildirgan edi.

Aytish joizki, ushbu o‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari birgalikda o‘tkazayotgan birinchi o‘quv mashg‘ulotlari bo‘ladi. Bundan oldin Qirg‘iziston bilan uch mamlakat harbiylari ishtirokida hamda chegara qo‘shinldari ishtirokida mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0