Toshkent hokimligi “Men kasbimni sevaman!” videoroliklar tanlovini e’lon qildi

© Xokimiyat TashkentaUchebniy god v shkolax Uzbekistana nachalsya 5-sentabrya
Uchebniy god v shkolax Uzbekistana nachalsya 5-sentabrya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda ochiq ovoz berish yo‘li bilan 3 ta eng yaxshi videorolik tanlab olinadi. G‘oliblar esa planshetlar bilan taqdirlanadi.

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi “1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Men kasbimni sevaman!” videoroliklar tanlovini e’lon qildi.

Sherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Birgalikda o‘qituvchilarimiz obro‘sini oshirishga harakat qilaylik - Shermatov

Unda Toshkent shahridagi ta’lim muassasalari (maktab, litsey, kollej, OTM) da faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi va murabbiylar (yoshi, lavozimidan qat’i nazar) ishtirok etishlari mumkin.

Shahar hokimiyati matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, mazkur tanlovni o‘tkazishdan maqsad o‘qituvchilarning obro‘-e’tiborini yanada oshirish va bunda o‘quvchilarni ham rag‘batlantirishdir.

Tanlov 14-23 sentabr kunlari o‘tkaziladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ochiq ovoz berish yo‘li bilan 3 ta eng yaxshi videorolik tanlab olinadi. G‘oliblar esa planshetlar bilan taqdirlanadi.

Yangiliklar lentasi
0