Qozog‘iston Kaspiyda AQSh harbiy bazasi joylashtirilishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

© Sputnik / Maks Alpert / Mediabankka o‘tishKaspiyskoe more.
Kaspiyskoe more. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston parlamentida Afg‘onistonga AQShning maxsus yuklarini tijorat tranzitini ta’minlash to‘g‘risida qonun loyihasini ma’qullangan.

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. Qozog‘iston hukumatida AQSh qurolli kuchlarini Kaspiy dengizida joylashtirilishi haqida mish-mishlarni rad etdi. Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.

BAKU - Sputnik O‘zbekiston
Kaspiyda hech qachon xorijiy harbiy bazalar joylashtirilmaydi

Axborot va kommunikatsiya vazirligi rahbari Dauren Abayev ta’kidlashicha, Qozog‘istonda xorijiy harbiy bazalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.  

Abayev mintaqada AQSh harbiylarini paydo bo‘lishi haqidagi xabar feyk ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

2018 yil aprelda Qozog‘iston parlamenti senat deputatlari Afg‘onistonga AQShning maxsus yuklarini tijorat tranzitini ta’minlash to‘g‘risida qonun loyihasini ma’qullashgandi.

Unda Kaspiydagi Qozog‘istonning Aktau va Kurik portlari Afg‘onistonga AQShdan harbiy bo‘lmagan yuklarni yetkazish marshrutiga kiritilgandi.

Bu bilan AQSh harbiy dengiz kuchlari Kaspiy dengizidagi Qozog‘iston portlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lganligi haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi.

Biroq, Qozog‘iston axborot vaziri so‘zlariga ko‘ra, Aktau konvetsiyasi Kaspiy dengizida ushbu dengiz davlatlariga taalluqli bo‘lmagan mamlakat qurolli kuchlarini mavjudligi va kemalarni suzishini ta’qiqlaydi.

Kaspiy dengizining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi konvensiyasi – Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Rossiya va Turkmaniston rahbarlari 2018-yil 12-avgustida o‘tkazilgan yig‘ilishda imzolangandi. Konvensiya bo‘yicha 20-yildan ortiq vaqt davomida ish olib borilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0