TOShKENT, 17 sen – Sputnik. AQShda istiqomat qiluvchi Diana Chung Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi bilan Galaxy Note 9 smartfoni yonib ketganligi holati bo‘yicha sudlanmoqchi.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, ushbu voqea Long-Aylend shahrida joylashgan bino liftida sodir bo‘ldi.
Chung yangi smartfoni qattiq qizib ketayotganini sezib qoladi. Shundan so‘ng, telefonni sumkasiga solmoqchi bo‘lganida undan tutun chiqayotganini ko‘rib qoladi.
Advokat so‘zlariga ko‘ra, hodisa natijasida mijozning qo‘llari kuygan.
Aynib o‘tish kerakki, Samsung mahsulotlari yonib ketishi holati birinchi emas. O‘tgan yili Omskda telefondan yong‘in chiqishi oqibatida qiz jarohatlangandi.
Ilgariroq, Samsung Galaxy Note 7 modelida ayrim nosozliklarni tan olib, sotuvdan 2,5 million smartfonlarni chaqirib olgandi.