O‘zbekistonda yangi lou-kost aviakompaniya ochilishi mumkin

© Sputnik / Aleksandr KrajevStuardessa proverayet bagajnie polki v salone samoleta Sukhoi Superjet 100
Stuardessa proverayet bagajnie polki v salone samoleta Sukhoi Superjet 100 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi aviakompaniya Milliy aviakompaniya bilan raqobat qilmaydi va ekonom klassda xizmat ko‘rsatadi. Dastlabki bosqichda aviakompaniya 4ta A-320 va A-321 Airbus samolyotlarini lizingga olishni rejalashtirilgan.

TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan”Investor kuni” tadbirida yangi aviakompaniya ochish taklif qilindi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati.

Yangi aviakompaniya ochish taklifi bilan bir necha yildan buyon aviachiptalar sotish bilan shug‘ullanayogan tadbirkor, INTER AVIASERVIS kompaniyasi asoschisi Jahongir Fayzullayev chiqdi. Yangi aviakompaniyada dastlabki bosqichda 4ta avialayner bo‘ladi.

“Ayni damda bizning bir necha xorijiy kompaniyalar bilan 4ta A-320 va A-321 (Airbus) samolyotlarini lizingga olish haqida shartnomalarimiz bor. Ekspluatatsiya qilish huquqini beruvchi sertifikat olishim bilan – o‘ylagan rejalarimni amalga oshira boshlayman.”, - deydi Jahongir Fayzullayev. - Rossiyada ayni damda 4ta aviakompaniya bor, yana uchta ochilmoqchi. Biz nega shunday qila olmaymiz?”  

Toshkent shahar hokimi tadbirkorning ushbu loyihasi o‘ta jiddiy ish ekanligini qayd etib, unga qo‘ldan kelgan yordamini ko‘rsatishga va’da berdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Investor kuni” tadbirida 130dan ortiq turli investitsion loyihalar taqdim etildi. Ular orasida tikuvchilik sexi ochishdan tortib okeanarium qurishgacha bo‘lgan loyihalar bor.

Yangiliklar lentasi
0