Uzcard 15 soatdan beri ishlamayapti

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishPlatejniy terminal dlya bankovskoy karti
Platejniy terminal dlya bankovskoy karti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Uzcard to‘lov tizimi 15 soatdan ortiq vaqt davomida ishlamayapti.

TOShKENT, 16 sen – Sputnik. O‘zbekistonda to‘lov kartalari 15-sentabr soat 18:52 dan buyon ishlayapti, deb xabar qildi Uzcard matbuot xizmati.

“Yagona Umumrespublika Protsessing Markazining ma’lum qilishicha,  texnik nosozliklar sababli 2018-yilning 15-sentabri, soat 18:52 dan boshlab POS, E-POS terminallari va ATM qurilmalari  protsessing markazi bilan vaqtinchalik ulana olmasligi mumkin. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyilgan.

Shu bilan bir vaqdta, “O‘zbektelekom” Aksiyadorlik jamiyati UzCard tizimida ayni damda kuzatilayotgan muammolarga hech qanday aloqasi yo‘qiligini ma’lum qildi. Bu haqida Pressa.uz talegram kanali xabar bermoqda. 

Ma’luot uchun, "O‘zkart" tizimi – asosiy elementi bank plastik kartochkalari va to‘lov terminallari bo‘lgan, dasturiy-texnik yechimlar va tegishli tashkiliy-texnik infratuzilmaga asoslangan holda faoliyat ko‘rsatadigan chakana to‘lov tizimi hisoblanadi. Tizimda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatuvchi banklar, hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank, shuningdek Yagona umumrespublika protsessing markazi yagona tizimga birlashtirilgan.

Yagona umumrespublika protsessing markazi "O‘zkart" tizimi a’zolariga BPKlar orqali operatsiyalarni amalga oshirishga sharoit yaratishi, tizim xizmatlarining uzluksizligini ta’minlashi shart.

Yangiliklar lentasi
0