Toshkentda ilk bor transport sohasida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishPunkt tamojennogo oformleniya na granitse
Punkt tamojennogo oformleniya na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
20 sentabrda Toshkentda ilk bor Transport sohasiga bag‘ishlangan oliy darajali xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.  

TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Kelayotgan haftada Toshketda ilk bor Transport sohasiga bag‘ishlangan yuqori darajali xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligi.

Ushbu tadbir haqida Milliy-press markazidan tashkil qilingan “Markaziy Osiyo xalqaro transport koridorlari tizimida: strategik kelajak va amalga oshirilmagan imkoniyatlar” mavzusidagi brifingda e’lon qilindi.

Brifingda O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Avtomobil transporti vazirligi, “O‘zbekiston Havo yo‘llari” hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyalari vakillari ishtirok etishdi.

Bu O‘zbekistonda Transport sohasida bo‘lib o‘tadigan birinchi konferensiya bo‘ladi. Uning asosiy maqsadi – mavjud bo‘lgan transport koridorlarini takomillashtirish hamda yangi transport koridorlari tashkil qilish maqsadida xalqaro moliya institutlari, tranport ittifoqlari hamda logistika kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar olib borishdir.

Ayni damda ushbu Anjumanda 50 dan ortiq mamlakatlardan 340 nafar xorijiy mehmonlar ishtirok etishi tasdiqlangan. Ular orasida Avstriya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Belarus, Germaniya, Gruziya, Misr, Hindiston, BAA, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Moldova, Pokiston, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, AQSh, Tojikiston, Tailand, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina, Fransiya, Shveysariya va Yaponiya vakillari bor. 

Xalqaro anjumanniy asosiy majlisi 2018-yilning 20-sentabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehsonxonasida bo‘lib o‘tadi. Shu kunning ikkinchi yarmida to‘rtta alohida mavzular bo‘yicha seksiya majlislari ham bo‘lib o‘tadi.

Anjumanning ikkinchi kuni - 21-sentabrda xorijiy mehmonlarni Samarqandga taklif qilish rejalashtirilgan. Ular u yerda “MAN Auto-Uzbekistan”, qo‘shma korxonasiga tashrif buyurishadi.

Yangiliklar lentasi
0