TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Sankt-Peterburg shahrida sodir bo‘lgan yong‘inda bir O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘ldi 4 fuqaro jabrlandi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Rossiya FVV ma’lumotiga asosan.
Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra 2018-yil 15-sentabr kuni soat 00:40 da Sankt-Peterburg shahri Nevskiy rayoni Gluxoozorsk ko‘chasi 11 uydagi angarda yong‘in sodir bo‘lgan.
Angardan 5 nafar inson evkuatsiya qilinib tez tibbiy yordam brigadasi tmonidan yordam ko‘rsatilgan. Ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun I.I. Djanelidze nomidagi tez tibbiy yordam ilmiy-tekshirish institutiga joylashtirilgan (Budapesht ko‘chasi 3 uy). Tez yordam avtomobilida shifoxonaga olib ketilish jarayonida bir nafar inson xalok bo‘ldi.
Xalok bo‘lgan va jabrlanganlar O‘zbekiston Respublikasu fuqarolaridir. FVV, IIV TIV va Rosssiya Federatsiyasining FVV bilan olib borilgan tadbirlari natijasida xalok bo‘lganlarning shaxsi aniqlandi.
Vafot etgan: Sultanov D.N 1983 y.t.
Jabrlanganlar: Sultanov X.U. 1997 y.t., Muxtarov M.Yu. 1978 y.t., Ismailov SH. 1995 y.t., Jo‘raqulov M.Z. 1988 y.t.,.
Jabrlanganlar I.I. Djanelidze nomidagi tez tibbiy yordam ilmiy tekshirish institutiga is gazidan zaxarlanish tashxisi bilan (xozirda barchasining axvoli qoniqarli) joylashtirilgan (Budapesht ko‘chasi 3 uy).