Donesk Zaxarchenkoning o‘limida g‘arb maxsus xizmatlari aybdor, deya e’lon qildi

© Sputnik / Igor MaslovSotrudniki politsii u zdaniya kafe "Separ" v Doneske, gde proizoshel vzriv v rezultate kotorogo pogib glava DNR Aleksandr Zaxarchenko.
Sotrudniki politsii u zdaniya kafe Separ v Doneske, gde proizoshel vzriv v rezultate kotorogo pogib glava DNR Aleksandr Zaxarchenko. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aleksandr Zaxarchenko 31-avgust kuni Donesk markazidagi "Separ" kafesida yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lgan

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘z Mustaqilligini e’lon qilgan Donesk xalq respublikasi rahbarining qotilligi g‘arb maxsus xizmatlari ko‘magida amalga oshirilgan, deb ma’lum qildi jurnalistlarga DXR rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin.

Press-konferensiya Aleksandra Zaxarchenko v Doneske - Sputnik O‘zbekiston
"Siyosiy terror": Donesk rahbari Aleksandr Zaxarchenko o‘ldirildi

"Terakt Ukraina xavfsizlik xizmatining beshinchi kontrrazvedka xizmati departamenti ishtirokida amalga oshirilgan. <…>. Maxsus xizmatlarning keyingi ish faoliyati, portlovchi qurilma qoldiqlari tahlili natijasida, Ukraina Xavfsizlik xizmati tomonidan avval qo‘llanilmagan yuqori texnologiyalar aniqlangan. Bu terakt g‘arb maxsus xizmatlari ko‘magida amalga oshirilgan degan tushunchaga olib keladi", - deb aytgan Pushilin.

U teraktni o‘rganishda Rossiya yordam berayotganini qo‘shimcha qilgan.

Pushilinga ko‘ra, DXR huquq muhofazachilari "bu ishni kim amalga oshirgani to‘g‘risida tushunchaga ega".

"Bir kishi qo‘lga olingan, u to‘liq ko‘rsatma bergan", - deya tushuntirgan respublika rahbari.

Pushilinning aytishicha, qo‘lga olingan shaxs - UXX (SBU) xodimi.

DXR rahbarining o‘ldirilishi

Aleksandr Zaxarchenko 31-avgust kuni Donesk markazidagi "Separ" kafesida yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lgan. U 42 yoshda edi. Bundan tashqari, Zaxarchenkoning qo‘riqchisi ham halok bo‘lgan, DXR FVV ma’lumotiga ko‘ra, 11 kishi jarohatlangan.

DXR daromadlar va yig‘imlar vaziri Aleksandr Timofeyev portlash vaqtida og‘ir tan jarohatlarini olgan. Respublika hukumati yuz bergan hodisani terakt deb tan olganlar.

Yangiliklar lentasi
0