O‘zbekistonda zilzila qayd etildi

© AP Photo / Wally SantanaGrafiki seysmologicheskoy aktivnosti
Grafiki seysmologicheskoy aktivnosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zilzila kuchi Termezda – 2 ball, Farg‘onada – 2 ballni, Gulistonda – 2 ballni tashkil etgan.

TOShKENT, 14 sen – Sputnik. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yil 14-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 02-31 da O‘zbekiston hududida yer silkinishi qayd etildi.

Zilzila episentri Toshkent shahridan 463 km uzoqlikda janubiy-sharqiy yo‘nalishda Afg‘oniston hududida qayd etildi. Zilzila magnitudasi – 5,1.

Zilzila kuchi Termezda – 2 ball, Farg‘onada – 2 ballni, Gulistonda – 2 ballni tashkil etgan.

Respublikaning boshqa hududlarida zilzila qayd etilmadi.

Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmadi.

Yangiliklar lentasi
0