Rossiyadan eng ko‘p pul o‘tkazmalari O‘zbekistonga jo‘natilgan

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishProverka dollarov na podlinnost
Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yilning 2 kvartalida Rossiyadan O‘zbekistonga bir milliard dollardan oriq mablag‘ jo‘natildi.

TOShKENT, 13 sen - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi o‘tkazilgan mablag‘lar bo‘yicha yetakchilik qilmoqda, deyilgan  Rossiya Markaziy banki xabarida.

“2018 yilning ikkinchi kvartalida Rossiyadan O‘zbekistonga bir milliard dollardan ortiq mablag‘ kelib tushdi. Ulardan 759 million $  – O‘zbekiston fuqarolaridan va 318 million $ Rossiya fuqarolaridan. Har bir o‘tkazmaning o‘rtacha miqdori 375 $ ni tashkil qildi”, - deyilgan xabarda.

O‘zbekistondan Rossiyaga o‘tkazilgan mablag‘lar miqdori 95 million dollarni tashkil qildi.

Taqqoslash uchun ushbu davr ichida Rossiyadan Tojikistonga 672 million dollar o‘tkazilgan, Qirg‘izistonga esa 681 million $.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yilga qadar Rossiyadan O‘zbekistonga o‘tkazilayotgan mablag‘lar hajmi yiliga o‘rtacha 5,5  mlrd $ni tashkil qilar edi. 2015, 2016-yillarda, Rossiyada dollar kursining o‘sishi oqibatida, ushbu o‘tkazmalar hajmi o‘rtacha 2 baravar kamaydi (2,7 mlrd$) . 2017-yildan boshlab o‘tkazmalar hajmi oshishi kuzatila boshladi (3,9 mlrd$) .

Yangiliklar lentasi
0