TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Tojikistonning Murg‘ab tumanida “Tojikiston” nomli kichik quvvatli GES ishga tushirildi, deb xabar qilmoqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati.
GES ochilishida Tojikiston prezidenti Emomali Raxmon shaxsan ishtirok etdi. Yangi elektr stansiyasi quvvati 1500 kVt ni tashkil qiladi va Murg‘ab tumanidan yashayotgan 14 ming aholini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
GES plotinasi balandligi 64 metr, uzunligi 12 metrni tashkil qiladi. Plotina 2 million kubometr suv jamlash imkoniga ega. GESda har biri 750 kVt bo‘lgan ikkita energetik qurilma o‘rnatilgan.
“Tojikiston” elektr stansiyasi Respublikada, tog‘li daryo bo‘ylab suzayotgan baliqlar ham suzib o‘tishi mumkin bo‘lgan, yagona GES hisoblanadi.
Aytish joizki, ushbu GES dengiz sathidan balandligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Dunyoda eng baland hududda joylashgan GES Nepalda bo‘lib, uning quvvati 15 kVt.