TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Apple kompaniyasi kecha Kuppertinoda bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida 3ta yangi iPhone namoyish qildi: iPhone Xs, iPhone Xs Max va iPhone Xr.
Yangi iPhone Xsning 5,8 duymli, 2,7 milliona pikselga ega bo‘lgan Super Retina OLED displeyga ega. Ushbu modelning narxi 999 dollarni tashkil qiladi. Uning kattartirilgan versiyasi - iPhone Xs Max deb ataladi va 6,5 duymli ekranga ega bo‘lib 1099 dollarga sotiladi.
Smartfonlar ikkita 12 megapikselli kameraga ega bo‘lib, ularning biri yaqin masofada yorug‘lik kam bo‘lganda suratga tushirish ikkinchisi uzoq masofada rasmga tushirish va video uchun ishlatiladi.
iPhone Xr esa – arzonroq bo‘lib, 6,1 dumli IPS ekranga va alyumin korpusga ega. iPhone Xr faqat bitta 12 megapikselli kameraga ega bo‘lib, uning narxi 749 dollarni tashkil qiladi.
Yangi iPhone Xs smartfonlarida Apple ilk bor elektron sim-kartalardan foydalandi. Ya’ni, uning ichiga odatiy sim-karta o‘rnatishga hojat yo‘q. AQShda elektron sim-karta yordamida ikki operatorninn aloqa xizmatidan foydalanish mumkin. Amerikadagi yetakchi uyali aloqa kompaniyalari AT&T, Verizon va T-Mobile ushbu yangilikni qo‘llab quvvatlashgan.
Xitoy va boshqa mamlakat bozorlari uchun oddiy 2ta sim-karta o‘rnatiladigan alohida iPhone Xs smartfonlari ishlab chiqariladi.
Yangi iPhone Xs, Xs Max va Xrlarning tashqi dizaynida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmagan. Dizayn jihatidan ularning barchasi iPhone Xga juda o‘xshash.
Kompaniya vitse-prezidenti xabar qilishiga ko‘ra, yangi telefonlarda Face ID (inson qiyfasini tanish) funksiyasi juda tez ishlaydigan bo‘ladi. Buning uchun smartfonga A12 Bionic nomli maxsus chip o‘rnatilgan. Yangi iphoneda olti yadroli markaziy protsessor, to‘rt yadroli grafik protsessor hamda "neyronli dvijok " o‘rnatilgan. Yangi protsessor sekundiga besh trillionov operatsiyalar amalga oshirish imkonini beradi.
Yangi smartfonlaga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan maksimal xotira hajmi 512 Gb bo‘lib ular mutlaq suv o‘tkazmaydigan qilib yasalgan. Rossiyada yangi smartfonlarni sotish 28-sentabrda boshlanadi.