TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Afg‘oniston hukumat harbiylari tomonidan Kandagar provinsiyasida amalga oshirilgan aviazarba natijasi kamida 18 nafar “Tolibon” harakatining jangarlari yo‘q qilinib, 11 nafar jangari jarohatlandi. RIA Novosti xabariga asosan.
“Operatsiya chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi amalga oshirildi. Hukumat harbiylari provinsiyadagi ikki tumanga bomba tashlashdi”, - dedi hukumat harbiy idorasi vakili Muxammad Sadek.
Afg‘onistonda hukumat harbiy kuchlari va “Tolibon” harakatining jangarilari o‘rtasida shiddatli kurash ketmoqda.
“Tolibon” bundan avval mamlakatning qishloq tumanlarida katta hududni egallagan, endi esa yirik shaharlarga hujumga o‘tdi. Shuningdek, mamlakat hududida “IShID” terrorchilik uyushmasi ta’siri kuchaydi.
Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari hamkorlikda terrorizmga qarshi qurashish bo‘yicha butun mamlakat bo‘ylab operatsiyalar o‘tkazishmoqda.