O‘zbekiston uzumlari Rossiya bozoridagi holati haqida uzumchilik va vino sanoati uyushmasi prezidenti Leonid Popovich o‘z fikrlarini Sputnik O‘zbekistonga ma’lum qildi.
Ilgariroq EastFruit nashri Ukraina bozorida O‘zbekiston uzumlari raqobatbardoshligi haqida so‘rov o‘tkazgandi. Sifati va ommabopligiga qaramasdan O‘zbekiston uzumlari o‘rtacha narxlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ancha yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Leonid Popovichning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston uzumlari Rossiyada har doim ommabop bo‘lib, Turkiya uzumlari bilan juda yaxshi raqobat qiladi.
“Narxiga kelsak, O‘zbekiston uzumlari juda yaxshi sotilmoqda, tushunimcha, eksporterlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar tufayli ularga foyda bilan savdo qilish imkonini ham beradi. Biz, albatta, kelajakda rossiyaliklar o‘z uzumlarimizni iste’mol qilishlari uchun harakat qilamiz. Uning sifati ham yomon emas, biroq bunday hajmda yetishtirish va saqlash imkoniyatimiz yo‘q”, - deb ta’kidladi uzumchilik uyushmasi rahbari.
Leonid Popovich ma’lum qilishicha, Rossiyada bu tarmoq rivojlanishiga qaramasdan, O‘zbekiston mevalariga, shu jumladan quruq mevalariga hali juda uzoq vaqt talab bo‘ladi.
Shu yil sentabr oyi boshida Rossiya va O‘zbekiston bosh vazirlarining uchrashuvi chog‘ida Abdulla Aripov o‘zining rossiyalik hamkasblarini respublikadan meva va sabzavotlari yetkazib berilishida “yashil yo‘lak” tashkil etilganligi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Ekspert fikrini to‘liq quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.