TOShKENT, 12 sen – Sputnik. O‘zbekiston FVV Rossiyaning Orlov viloyatida YTH oqibatida qurbon bo‘lgan 2 nafar O‘zbekiston fuqarolarining ismi shariflarini ma’lum qildi.
FVV xabariga ko‘ra vafot etgan fuqarolar quyidagilar:
1. Raxmonov Moxmirza Oymirzayevich 1986-yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati, Izboskan tumani
2. Gaziyeva Malikaxon Xabibullayevna, 1983-yilda tug‘ilgan, Andijon shahri, Qo‘shariq dahasi
2018 yilning 11-sentabr kuni soat 07:15 da Orlov viloyatida M-2, “Qrim” avtomobil yo‘lining 322 kilometrida PAZ avtobusi va Deu “Neksiya” yengil avtomobili to‘qnashuvi oqibatida 2 kishi vafot etgan bir kishi og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Jarohatlangan fuqaro: O‘rinboyev Komoliddin Mklimenovich, 1989-yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Jalaquduq tumanida istiqomat qiladi.