Toshkentda ayol kishini haqoratlagan “internet yulduzi” qidirilmoqda

Ostanovka obshestvennogo transporta
Ostanovka obshestvennogo transporta  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Video rolikda avtobus bekatida to‘xtab turgan “Matiz” avtomashinasini ko‘rish mumkin.

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Facebook ijtimoiy tarmog‘ida avtobus bekatida turgan mashina haydovchisi o‘zini “Toshshahartransxizmat” xodimi deb tanishtirgan ayolni haqorat qilayotgani tasvirga olingan video paydo bo‘ldi.

Neadekvatnoe povedenie jenshini za rulem - Sputnik O‘zbekiston
Bolani tizzasiga o‘tqazib, mashina haydab ketayotgan ayol videoga olindi

Video rolikda avtobus bekatida to‘xtab turgan “Matiz” avtomashinasini ko‘rish mumkin.

O‘zini “Toshshahartransxizmat” xodimi deb tanishtirgan ayol avtomashina haydovchisidan nega bekatda turganini, bu qonunga zid ekanligini, zudlik bilan chetga chiqib turishini so‘raydi.

Bunga javoban “Matiz”ning haydovchisi ayolni tinimsiz haqoratlay boshlaydi. U hatto tashkilot xodimiga qo‘l ham ko‘taradi.

So‘kinishdan charchamagan “Matiz” haydovchisidan qochgan ayol bekatga kelgan avtobusga chiqib oladi. Shunda ham haydovchi ayolni taqib etib, yo‘lovchilarning oldida uni haqoratlaydi, qo‘llari bilan uyatsiz qiliqlar qiladi.

Hozirgi vaqtda huquq tartibot organlari tomonidan videoga olingan haydovchi qidirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0