TOShKENT, 11 sen — Sputnik. “O‘zbektelekom” AK bir necha kun mobaynida Facebook ijtimoiy tarmog‘iga kirishda yuzaga kelgan muammolar yuzasidan o‘z bayonotini berdi.
“Facebook vakili uzilishlar tabiati mahalliy emas, balki global ekanligi haqida rasmiy bayonot berdi: Markaziy Osiyo va Shimoliy Yevropadagi boshqa mamlakatlarda ham shunday muammolar kuzatilmoqda.
Shunga qaramay, bir qator ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy tarmoqlarga milliy operator tomonidan cheklov qo‘yilganligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi”, - deyiladi “O‘zbektelekom” bayonotida.
“O‘zbektelekom“ AK ushbu xabarlarni inkor etdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda “O‘zbektelekom” AK ma’lumotlar uzatish tarmog‘i muntazam ravishda ishlab turibdi.