AQShning xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha elchisi O‘zbekistonga keladi

© AFP PHOTO / Mandel NganSem Braunbek
Sem Braunbek  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sem Braunbek 10-19 sentabr kunlari davomida Ukraina, Polsha va O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. AQSh Davlat departamentining xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha elchisi Sem Braunbek O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar qildi AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Sem Braunbek 10-19 sentabr kunlari davomida Ukraina, Polsha va O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

O‘zbekistonda elchi diniy erkinlik sohasidagi so‘nggi islohotlarni muhokama qilish uchun yuqori lavozimli amaldorlar bilan uchrashadi.

Sem Braunbek 2018-yil 1-fevraldan AQSh Davlat departamentining xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha elchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. 

Yangiliklar lentasi
0