Moskvada islomiy bank ochgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishAQSh dollari
AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noqonuniy  moliyachilar katta miqdorda mablag‘larni naqdga aylantirib xorijga olib chiqib ketishda ayblanmoqda.  

TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Turkiyalik biznesmen va uning o‘zbekistonlik sherigi Moskvada noqonuniy moliyaviy faoliyatda ayblanib hibsga olindi, deb xabar qilmoqda "Kommersant" nashri.

Politsiya xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxslar tadbirkorlarga yirik summalarni naqd pulga aylantirib, xorijga olib chiqib ketishga yordam bergan. Tergov organlari fikriga ko‘ra, ular mablag‘larni naqd qilish evaziga 9 million rubldan ortiq noqonuniy daromad olishgan.

Ayni djada ushbu ikki fuqaro uy qamog‘ida saqlanmoqda. Ularning advokati esa, ushbu voqeada Rossiya qonunchiligini ayblamoqda.

Advokat aytishiga qaraganda, ularning javobgarlikka tortilishiga sabab – “Rossiya qonunchiligida islomiy bank prinsiplarini ta’riflovchi normalarning yo‘qligi” bo‘lgan.

Xufiya moliyachilar asosan Turkiyadan mol olib kelib sotuvchi tadbirkorlar bilan hamkorlik qilishgan. Ular tovar yetkazib beruvchilar va savdogarlar orasida hisob-kitob qilishga yordam berishgan.

Eslatib o‘tamiz, islomiy bank tizimida kreditdan foiz olish ta’qiqlanadi. Buning o‘rniga banklar mijoz biznesiga sherik bo‘lish yoki boshqa yo‘llar bilan daromad oladi. Shuningdek islomiy bank tizimida alkogolli ichimliklar, tamaki mahsulotlaridan olingan daromad qabul qilinmaydi.

Yangiliklar lentasi
0