Moliyaviy piramida tashkil qilgan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi  

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turli moliyaviy jinoyatlar amalga oshirish yo‘li bilan 13 million dollar o‘g‘irlagan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. Jinoiy uyushma tashkil qilishda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi, deb xabar qilmoqda Rossiya Federatsiyasining Bosh prokuraturasi.

Xususan, 32 yoshli Suxrob Fazilov, 2010-yildan buyon O‘zbekiston huquqni saqlash organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 242 moddasining 1 qismi (Jinoiy uyushma tashkil qilish), 168 moddasining 3 bandi (tovlamachilik), 243 moddasi (Jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni qonuniylashtirish) kabi jinoyatlarda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan.

Vo vremya podpisaniya dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Fransiya ekstraditsiya to‘g‘risida shartnoma tuzishni muhokama qildi

Fazilov 2007 – 2009-yillarda O‘zbekiston hududida offshor mamlakatlar hududida tashkil qilingan xorijiy kompaniyalar nomi ostida moliyaviy piramida tashkil qilib, uni boshqargan. Xususan, yolg‘onchilik va aholi ishonchini suiste’mol qilish yo‘li bilan Samarqand viloyatida yashovchi 140 nafardan ortiq fuqarolardan 61 ming AQSh dollari yig‘ib olgan.

Undan tashqari Fazilov ushbu jinoiy uyushmaning boshqa bo‘limlari bilan hamkorlikda valyuta mablag‘larini sotib olish va sotish yo‘li hamda Rossiya banklari hisob raqamlariga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan 13 mln. AQSh dollaridan ortiq valyuta mablag‘larini qasddan yashirgan.

2017 yilning noyabr oyida xalqaro qidiruvda bo‘lgan Fazilov Moskva metropolitenida politsiya tekshiruvi vaqtida qo‘lga olingan. Tekshiruvdan so‘ng Moskva prokuraturasi uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish haqida qaror chiqargan.

Yangiliklar lentasi
0