MOQ: Xitoy kompaniyasi taqdim etgan kiyimlar omadli keldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha predstaviteley NOK Uzbekistana i kompanii Pres-Jog
Vstrecha predstaviteley NOK Uzbekistana i kompanii Pres-Jog - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyning Pres-Jog brendi homiylik maqsadida O‘zbekiston sportchilariga 450 dona sport kiyimini bepul berdi.

TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Xitoyning Pres-Jog brendi O‘zbekiston sportchilariga homiylik tariqasida 450ta sport kiyimini bepul taqdim etdi, deb xabar qilmoqda Milliya Olimpiya qo‘mitasi, Sputnik muxbiriga.

MOQ aytishiga qaraganda, O‘zbekiston sportchilarining Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi ushbu sport formasining omadli kelgani desa ham bo‘ladi.  

“Mazkur o‘yinlarda O‘zbekiston sport delegatsiyasi aynan Pres-Jog brendi tomonidan taqdim etilgan ekipirovkalardan foydalanildi. Yangi liboslar sportchilarimiz uchun omadli keldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi”, - deyilgan xabarda   

Undan tashqari O‘zbekiston sportchilari uchun Xitoy kompaniyasi yengil atletika,futbol, karate, kurash, sport gimnastikasi, trampolin, og‘ir atletika, stol tennisi va gandbol uchun ham maxsus sport liboslari tayyorlab berilgan.

“Oldimizda turgan yirik kompleks musobaqalarda O‘zbekiston sport delegatsiyasi Pres-Jog brendi liboslaridan foydalaniladi. Shuningdek futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ham musobaqalarda ushbu kompaniya liboslarida maydonga tushadilar”, - deyilgan MOQ xabarida.  

Xitoy kompaniyasi o‘z navbatida, O‘zbekiston Osiyodagi eng kuchli sport mamlakatlaridan biri ekanini hamda o‘zbekistonlik sportchilar o‘zlarining jangovar ruhi bilan sport olamida hurmatiga sazovor bo‘lganini qayd etib, O‘zbekiston jamoasining ushbu jihatlari Pres-Jog kompaniyasiga juda mos tushishini ta’kidlashdi.

Shu sababdan, xitoylik hamkorlar O‘zbekiston MOQining xitoy kompaniyasi strategik hamkoriga aylanishi kompaniya uchun “ulkan sharaf” ekanligi aytib o‘tishdi.

Undan tashqari ushbu hamkorlik Xitoyning  “Bir makon bir yo‘l” strategiyasida qo‘yilgan navbatdagi qadam ekani aytildi.

“O‘zbekiston Buyuk Ipak Yo‘li mamlakati hisoblanadi va Xitoy bilan azaldan yaqin aloqalarga ega. Ushbu hamkorlik nafaqat homiylik, shuningdek “Bir makon bir yo‘l” strategiyasini amalga oshirishda “QIERTE Co Ltd” kompaniyasining navbatdagi qadami hisoblanadi. Sport yordamida biz do‘stlik aloqalarimizni yanada rivojlantiramiz va umid qilamizki bu Xitoy bilan kuchaytirish va “Bir makon bir yo‘l” strategiyasini amalga oshirishga o‘ziga xos ko‘prik bo‘ladi” – deyilga Xitoy kompaniyasi xabarida.

Tomonldar imzolangan shartnoma ikkla tomon uchun ham manfaatli bo‘lishiga umid bildirishdi.

Yangiliklar lentasi
0