O‘zbekistonda 15 tuman adliya bo‘limi boshliqlari ishdan olindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Ministerstva yustitsii Uzbekistana
Zdanie Ministerstva yustitsii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Adliya vazirligida bo‘lib o‘tgan majlisda shahar va tuman adliya bo‘limlarining 28 nafar xodimi, jumladan 15 nafar bo‘lim boshliqlari lavozimidan ozod etildi.

TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Adliya vazirligida 8-sentabr kuni tumanlar va shaharlar adliya bo‘limlari faoliyatiga bag‘ishlangan videoselektor majlisi o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda Daryo.

Majlisda Adliya vazirligining tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlarining shu kungacha bo‘lgan faoliyati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha kun tartibidan o‘rin olgan masalalar muhokama etildi.

Xususan, faoliyatida qo‘pol xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelinganligi jiddiy tanqid ostiga olindi. Ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan adliya bo‘limlarining 28 nafar xodimi, jumladan 15 nafar bo‘lim boshliqlari lavozimidan ozod etildi, - deyilgan xabarda.

Faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun hududiy adliya boshqarmalarining 25 nafar xodimiga hayfsan e’lon qilindi, 29 nafari ogohlantirildi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda Surxondaryo viloyatining Denov, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Andijon viloyatining Marhamat, Toshkent shahrining Bektemir tuman adliya bo‘limlari qisqa vaqt ichida ijobiy natijalarga erishgani qayd etildi.

© MinYustSoveshanie v Minyuste
O‘zbekistonda 15 tuman adliya bo‘limi boshliqlari ishdan olindi - Sputnik O‘zbekiston
Soveshanie v Minyuste

Yig‘ilishda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov har bir adliya xodimi «fuqarolar adliya idoralari faoliyatidan rozi bo‘lishi kerak» degan tamoyilga qat’iy amal qilishi, hududiy adliya organlari rahbarlari «tuman-shahar adliya bo‘limlari bizning yuzimiz» tamoyiliga rioya etishi, «Har bir davlat xizmatchisi har kuni o‘zining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart» degan qoidani ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratishi zarurligini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti qaroriga asosan joylarda 200 ta tuman (shahar) adliya bo‘limi tashkil etilgan va ularga 560 nafar xodim ishga qabul qilingan edi. Ushbu adliya bo‘limlari vazifasi fuqarolarga huquqlarini tushuntirish va ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklash – deb belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0